Yangiliklar va e'lonlar

ADM Jizzakh va Birinchi Rezinotexnika Zavodi o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi

storage/pictures/1730265919.jpg

2024-yil 29-oktabr kuni ADM Global kompaniyalar guruhiga kiruvchi ADM Jizzakh avtomobil zavodi yetakchi shina ishlab chiqaruvchi korxonasi – Birinchi Rezinotexnika Zavodi bilan hamkorlik to‘g‘risida bitimni tuzdi.Yangi hamkorlik doirasida Birinchi Rezinotexnika Zavodi ADM Jizzakh to‘liq siklli zavodida ishlab chiqarilayotgan Kia Sonet modeli uchun shinalar yetkazib berishni boshlaydi. Zavodga ikki xil tasnifdagi shinalar – 215/60R16 va 195/65R15 keltiriladi. Ushbu o‘lchamlar zamonaviy avtomobillarda keng tarzda qo‘llanilishi loyihaning strategik ahamiyatini ko‘rsatadi. Yangi Tiggo 8 Pro Max 2024 innovatsiya ishqibozlari uchun yanada ko‘proq premium yechimlarni taklif etmoqda. U qulaylik va ilg‘or texnologiyalar o‘rtasidagi muvozanatni izlayotganlar uchun yaratilgan. Krossover 19 dyuymli disklar, yorqin Chery belgisi, lyukga ega manzarali tom qismi va atmosferali yoritgich bilan jihozlangan. Asosiy opsiyalar orasida uqalash funksiyasiga ega eko-charmdan ishlangan o‘rindiqlar, ikki hududli iqlim-nazorat va dvigatelni masofadan ishga tushirish tizimlari mavjud. Salonda ikkita 12,3 dyuymli sensorli displey o‘rnatilgan, Apple CarPlay va Android Auto tizimlari ishlaydi, shuningdek, qurilmalar uchun simsiz quvvatlash imkoniyati ham mavjud. Bort tizimlari o‘zbek va rus tillarida ishlashi sababli, avtomobildan foydalanishni yanada qulaylashtiradi. Xavfsizlik uchun to‘qqizta xavfsizlik yostiqchalari, doira bo‘ylab ko ‘rish tizimi, ko‘rinmas hududlarni nazorat qilish va adaptiv kruiz- nazorat mas’uldir.