"JIZZAX" EIZ direksiyasi
"JIZZAX" EIZ direksiyasi
"JIZZAX" EIZ direksiyasi
«Jizzax» erkin iqtisodiy zonasi direksiyasi «Jizzax» EIZ faoliyatini tezkor boshqaruvchi davlat unitar korxonasi hisoblanadi.
«Jizzax» EIZning asosiy funksiyalari qatoriga quyidagilar kiradi:
- «Jizzax» EIZ qatnashchilarini ro‘yxatdan o‘tkazish va «Angren» erkin iqtisodiy zonasi qatnashchisining reyestrini yuritish, guvohnoma berish.
- «Jizzax» EIZ hududida «Jizzax» EIZ qatnashchilari bo‘lmagan boshqa xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar hisobini yuritish.
- «Jizzax» EIZ hududida investisiya kiritish to‘g‘risidagi bitimlarni tayyorlash va tuzish.
- Ishlamayotgan korxonalarni va davlat mulki bo‘lgan mol-mulkni nul sotish qiymati bo‘yicha sotish to‘g‘risida shartnomalar tayyorlash va «Jizzax» EIZ qatnashchilari bilan tuzish.
- O‘rnatilgan tartibda tanlab olingan investorlar bilan investorlar tomonidan o‘z zimmalariga olingan majburiyatlar zarur tarzda bajarilishini nazoratga olish.
- «Jizzax» EIZ hududida joylashgan davlat mulki bo‘lgan ko‘chmas mulk ob’yektlarini boshqarish.
- «Jizzax» EIZ qatnashchilariga shu jumladan davlat organlarida ularning manfaatlarini ifodalash yo‘li bilan xizmatlar ko‘rsatish.
- «Jizzax» EIZ faoliyatini tezkor boshqarish bo‘yicha boshqa funksiyalarni amalga oshirish.