Imtiyozlar va preferensiyalar

Imtiyozlar va preferensiyalar

Imtiyozlar va preferensiyalar

Participants of "Angren" free economic zone are exempted from paying the following

  • Mol-mulk solig'i
  • Yer solig'i
  • Suv resurslaridan foydalanish solig'i

Shuningdek «Jizzax» erkin iqtisodiy zonasining qatnashchilari quyidagi bojxona to'lovlaridan ozod etiladi

  • Respublikada ishlab chiqarilmaydigan va investitsiya bitimiga muvofiq investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun qurilish davrida belgilangan tartibda olib kirilgan qurilish materiallari uchun bojxona to'lovlarini (bundan qo'shimcha qiymat solig'i va bojxona rasmiylashtiruvi uchun yig'imlar mustasno)
  • Tasdiqlangan ro'yxat bo'yicha texnologik uskunalarning o'xshashi O'zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydiganini olib kirishda bojxona to'lovlarini (bundan bojxona rasmiylashtiruvi uchun yig'imlar mustasno)
  • Maxsus iqtisodiy zonalar ishtirokchilari tomonidan ishlab chiqarish va mahsulotlarni eksportga realizatsiya qilish uchun foydalanadigan xom ashyo, materiallar va butlovchi qismlar O'zbekiston Respublikasi hududiga olib kirilganda bojxona to'lovlari (bundan bojxona rasmiylashtiruvi uchun yig'imlar mustasno) to'lanmaydi

Belgilab qo'yilsinki, yuqorida ko'rsatilgan imtiyozlar kiritilgan investitsiyalarning hajmiga qarab, shu jumladan quyidagilarga teng miqdorda 3 yildan 10 yilgacha muddatda beriladi

  • 300 ming AQSH dollaridan 3 mln. AQSH dollarigacha — 3 yilgacha muddatga
  • 3 mln. AQSH dollaridan 5 mln. AQSH dollarigacha — 5 yilgacha muddatga
  • 5 mln. AQSH dollaridan 10 mln. AQSH dollarigacha — 7 yilgacha muddatga
  • 10 mln. AQSH dollaridan ortiq — 10 yilgacha muddatga

Soliq imtiyozlari

Erkin iqtisodiy zonalar ishtirokchilariga O'zbekiston Respublikasining soliq kodeksi va “Maxsus iqtisodiy zonalar to'g'risida”gi O'zbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan tartibda alohida soliqlar, shuningdek bojxona to'lovlari buyicha imtiyozlarni qo'llashning o'ziga xos xususiyatlari taqdim etiladi.

O'zbekiston Respublikasi soliq kodeksining 473-moddasiga muvofiq maxsus iqtisodiy zonalar ishtirokchilariga soliq imtiyozlari to'lashdan ozod qilish shaklida beriladi:

Mol-mulk solig'i (soliq kodeksining 415-moddasiga binoan yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq stavkasi mulkning o'rtacha yillik qoldiq qiymatining 1,5 foizini tashkil qiladi);

Yer solig'i (soliq kodeksining 429-moddasiga asosan Toshkent viloyatida qishloq xo'jaligiga yaroqsiz yerlar uchun bazaviy soliq stavkasi 30 mln. so'm / ga ni tashkil yetadi);

Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan belgilangan muddatga kiritilgan investitsiyalar hajmiga qarab (soliq kodeksining 445-moddasiga muvofiq, yer osti suv manbalari sanoati korxonasi uchun soliq stavkasi 620 so'm/kubometrni tashkil etadi).

Soliq kodeksining 473-moddasida nazarda tutilgan imtiyozlar kiritilgan investitsiyalar hajmiga qarab, shu jumladan ekvivalentda 3 yildan 10 yilgacha muddatga taqdim etiladi:

300 ming AQSH dollaridan 3 mln. AQSH dollarigacha — 3 yilgacha muddatga

3 mln. AQSH dollaridan 5 mln. AQSH dollarigacha — 5 yilgacha muddatga

5 mln. AQSH dollaridan 10 mln. AQSH dollarigacha — 7 yilgacha muddatga

10 mln. AQSH dollaridan ortiq — 10 yilgacha muddatga

Asos: O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 26.10.2016 yildagi PF-4853-son Farmoni

Shuningdek, maxsus iqtisodiy zonalar ishtirokchilari o'zlari kiritgan investitsiyalar miqdoriga qarab daromad solig'ini to'lashdan ozod etiladi:

3 million AQSH dollaridan 5 million AQSH dollarigacha - 3 yil davomida;

5 million AQSH dollaridan 15 million AQSH dollarigacha - 5 yil davomida;

15 million AQSH dollari miqdorida va undan yuqori-10 yil davomida.

Ma'lumot uchun: soliq kodeksining 337-moddasiga binoan daromad solig'i stavkasi hisobot davrida olingan sof foyda miqdorining 15 foizini tashkil qiladi (korxonaning hisobot davridagi umumiy daromadlari va xarajatlari o'rtasidagi farq).

Bojxona imtiyozlari

Qonunning 39-moddasiga muvofiq, maxsus iqtisodiy zonalar ishtirokchilari to'lovdan ozod qilinadi:

- respublikada ishlab chiqarilmaydigan va investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun olib kiriladigan qurilish materiallari uchun bojxona to'lovlari (qo'shilgan qiymat solig'i va bojxona rasmiylashtiruvi yig'imlaridan tashqari);

- analoglari O'zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan texnologik uskunalarni import qilishda bojxona to'lovlari (bojxona rasmiylashtiruvi yig'imlaridan tashqari);

- eksport uchun mahsulot ishlab chiqarish va sotish uchun foydalaniladigan xom ashyo, materiallar va butlovchi qismlarning bojxona to'lovlari (bojxona rasmiylashtiruvi yig'imlaridan tashqari).

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 26.10.2016 yildagi PF-4853-son Farmoniga muvofiq. Erkin iqtisodiy zona ishtirokchilariga investitsiyalar hajmiga qarab, shu jumladan ekvivalentda 3 yildan 10 yilgacha imtiyozlar beriladi:

300 ming AQSH dollaridan 3 million AQSH dollarigacha bo‘lganda – 3 yil muddatga;

3 million AQSH dollaridan 5 milion AQSH dollarigacha-5 yil muddatga;

5 million AQSH dollaridan 10 milion AQSH dollarigacha-7 yil muddatga;

10 million AQSH dollaridan va undan yuqori-10 yil muddatga.

Ijara shartlari

Maxsus iqtisodiy zonalar hududidagi yer uchastkalari investorlarga elektron onlayn-auksion orqali uzoq muddatli ijaraga beriladi.

«Jizzax» EIZda elektron onlayn-auksionga qo'yilgan ijaraga beriladigan yer uchastkasining boshlang'ich narxi 60,0 mln so'm/gektarni (bazaviy hisob-kitob qiymatining 200 barobari) tashkil etadi.

Yillik ijara haqi -30,0 mln.so'm/Ga(Toshkent viloyatidagi qishloq xo'jaligiga mo'ljallanmagan yerlar uchun soliq stavkasiga teng)

Yer uchastkalari onlayn-auksion savdosi g'olibiga ijaraga beriladi:

- xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar uchun 25 yilgacha bo'lgan muddatga (shartnoma bo'yicha bir muddatga uzaytirish huquqi bilan)

- O'zbekiston rezidentlari ishtirokidagi korxonalar uchun 50 yilgacha bo'lgan muddatga.

Taqqoslash uchun: Zangiota tumanida ijaraga berish uchun elektron onlayn-auksionga qo'yilgan yer uchastkasining boshlang'ich narxi

840 mln.so'm/Ga, yillik ijara haqi - 84,0 mln.so'm/Ga