Infratuzilma
Infratuzilma
Infratuzilma
«Jizzax» erkin iqtisodiy zonasining transport, ishlab chiqarish va muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini jadal rivojlantirish va maxsus zona hududida faoliyat yurituvchi jadal rivojlanayotgan korxonalarni zarur infratuzilma bilan ta'minlash maqsadida Hukumat tomonidan 2013-2015 yillarga mo'ljallangan maxsus rivojlanish dasturi tasdiqlandi.
Dastur umumiy summasi taxminan 60 mln. AQSH dollari miqdorida infratuzilmani rivojlantirishni, shu jumladan quyidagilarni nazarda tutadi:
- Elektr ta'minoti;
- Gaz ta'minoti;
- Suv ta'minoti va oqovalarni chiqarib tashlash;
- Temir yo'l infratuzilmasi;
- Avtomobil yo'llari.
Elektr ta'minoti;
«Jizzax» erkin iqtisodiy zonasi hududida 2 ta issiqlik elektr stansiyasi va 1 ta gidroelektr stansiya, shu jumladan,
- «Jizzax» erkin iqtisodiy zonasi hududida 2 ta issiqlik elektr stansiyasi va 1 ta gidroelektr stansiya, shu jumladan,
- Soatiga 5675,4 mln. kVt elektr energiya ishlab chiqaradigan «Yangi Jizzax IES OAJ;
- Soatiga 73,5 mln. kVt elektr energiyasi ishlab chiqaradigan «Jizzax» GES faoliyat ko'rsatadi.
Gaz ta'minoti;
Erkin iqtisodiy zona hududi orqali Ohangaron-Pungan magistral gaz quvuri o'tadi va barcha sanaot maydonchalariga yuqori bosimdagi gaz taqsimlash liniyalari ulangan.
Bosimning o'zgarmasligi 2010 yilda Ohangaron tumanida qurilgan gaz taqsimlash stansiyasi tomonidan ta'minlanadi.
Avtomobil yo'llari.
«Jizzax» EIZ hududi orqali respublikaning markaziy qismini Farg'ona vodiysining viloyatlari bilan bog'laydigan avtomobil trassasi o'tadi. Ushbu avtomobil yo'li Yevropa «Ye-007» yo'nalishi va Osiyo «AN-7» yo'nalishining bir qismi hisoblanadi (Transafg'on yo'lagi).
Temir yo'llar
There are 95 kilometers of railway lines in the territory of "Angren" free economic zone. 3 stations operate (Aqcha, Angren, Abliq).
2010 yilda To'qimachi-«Jizzax» temir yo'l uchastkasini elektrlashtirish bo'yicha loyiha yakunlandi, bu esa transport xarajatlarini kamaytirib, yuklarni yetkazib berish muddatlarini deyarli 2 baravar qisqartirish imkonini berdi.
«Jizzax» xalqaro logistika markazi
O'zbekistonning geografik joylashuvi zamonaviy ombor komplekslari va logistika markazlari tarmog'ining rivojlanishida strategik muhim jihat bo'lib, yuklarni tashish bilan bog'liq xarajatlarni kamaytirish hamda ishlab chiqarish va savdo kompaniyalari logistikasini samarali tashkil etish imkonini berishi mumkin.
Bu jihatdan 2009 yilda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning tashabbusiga ko'ra «Jizzax» logistika markazini tashkil etish to'g'risida qaror qabul qilindi, ushbu markaz «Jizzax» erkin iqtisodiy zonasining logistik tarkibiy qismini ta'minlashga, shuningdek respublika yagona logistika halqasining uzluksiz ishlashini ta'minlovchi yagona bo'g'in bo'lib xizmat qilishga mo'ljallangan.